157
iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq va “yashil” budjetlashtirish boʻyicha institutsional
salohiyatni rivojlantirish.
Davlat budjeti xarajatlarining 2025-yilgi parametrlari hajmi 344,6 trln soʻm etib
belgilanayotgan boʻlib, xarajatlarni “yashil” budjetlashtirish tamoyillari asosida
tasniflash natijalariga koʻra:
“A” toifa boʻyicha, yaʼni atrof-muhit maqsadlarining kamida bittasiga ijobiy taʼsir
koʻrsatadigan va salbiy taʼsirga ega emas xarajatlar miqdori 26,4 trln soʻm boʻlib, jami
xarajatlardagi ulushi 7,7 foizni tashkil etadi. Ushbu toifada suv xoʻjaligi tashkilotlarini
saqlash va suv bilan taʼminlashga oid tadbirlar xarajatlari (suv tadbirlari iqlim oʻzgarishi
sharoitida muhim oʻrin tutadi), arzonlashtirilgan gaz narxini qoplash uchun ajratilgan
subsidiya xarajatlari (jismoniy va yuridik shaxslarga arzonlashtirilgan gaz berilishi, koʻmir,
oʻtin kabi muqobil yoqilgʻi sarfini kamaytiradi), hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
va obodonlashtirish boʻyicha xarajatlar (hududlarda infratuzilmalarni rivojlantirilishi,
obodonlashtirish iqlim oʻzgarishiga moslashtirish tadbirlari hisoblanadi) va boshqa atrof-
muhit maqsadlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan xarajatlar inobatga olingan.
“V” toifa boʻyicha, yaʼni atrof-muhit maqsadlariga ijobiy va salbiy taʼsirlarning
kombinatsiyasiga ega boʻlgan xarajatlar miqdori 8,5 trln soʻm boʻlib, jami xarajatlardagi
ulushi 2,5 foizni tashkil etadi. Ushbu toifada 3 issiqlik taʼminoti tizimi tashkilotlari
xarajatlari (tashkilot tomonidan issiqlik ishlab chiqarishda koʻmir, mazut yoqilgʻilaridan
foydalanilishi iqlim oʻzgarishi, ekologiyaga salbiy taʼsir koʻrsatsa-da, arzonlashtirilgan issiqlik
taʼminoti koʻmir, oʻtin kabi muqobil yoqilgʻi sarfini kamaytiradi), geologiya-qidiruv ishlari
xarajatlari (faoliyat atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatsada, kam uglerodli faoliyatlar uchun
zarur boʻlgan minerallarni aniqlaydi), veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish
qoʻmitasi va hududiy boʻlinmalari xarajatlari (veterinariya xizmati hayvonlarni iqlim
oʻzgarishi taʼsiriga moslashtirishga yordam koʻrsatsa-da, chorvachilik faoliyati iqlim
oʻzgarishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi) koʻzda tutilgan.
“C” toifa boʻyicha, yaʼni atrof-muhit maqsadlaridan kamida bittasiga salbiy taʼsir
koʻrsatadigan va ijobiy taʼsirga ega emas xarajatlar miqdori 1,3 trln soʻm boʻlib, jami
xarajatlardagi ulushi 0,4 foizni tashkil etadi. Bu toifaga issiqxona gazlari emissiyalarini
oshishiga olib keluvchi, suv sarfini oshiruvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi tadbirlar,
biologik xilma-xillik va ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi tadbirlar kiradi.
“D” toifa boʻyicha, yaʼni atrof-muhit maqsadlarining barchasiga neytral taʼsir
koʻrsatadigan xarajatlar miqdori 308,4 trln soʻm boʻlib, jami xarajatlardagi ulushi 89,4
foizni tashkil etadi. Ushbu toifada iqlim oʻzgarishi va atrof-muhit maqsadlariga hech
qanday taʼsir koʻrsatmaydigan, tashkilotlarni saqlash xarajatlari kiritiladi.
56-jadval. Davlat budjeti xarajatlarining 2023-2025-yillardagi koʻrsatkichlarini “yashil”
budjetlashtirish tamoyillari asosida tasniflash natijalari, trln soʻm